Yangiliklar

11 Fevral 2024

TOSHKENT MINTAQAVIY OʻQUV MARKAZI TINGLOVCHILARI ISHTIROKIDA PSIXOLOGIK SEMINAR-TRENING TASHKIL ETILDI

Jahonda oila institutini mustahkamlash dolzarb muammo boʻlib, oilaviy ajrimlarning koʻpayib borayotganligi, oilalarda nosogʻlom muhitning hukm surishi va nikohning barbod boʻlishi – koʻplab ichki ruhiy siqilishlar, ziddiyatlar va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.
Shu munosabat bilan Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi tinglovchilari bilan “Oilada ijtimoiy, psixologik muammolarning oʻzaro munosabatlarga taʼsiri va ularning oldini olish” mavzusida psixologik-trening mashgʻuloti oʻtkazildi. Mashgʻulot davomida harbiy xizmatchi va xodimlarga oilaning ijtimoiy-psixologik tasnifi va vazifalari boʻyicha tushunchalar berilib, amaliy mashqlar orqali oilalarda kuzatilayotgan dolzarb muammolarga yechim topish uchun koʻnikmalar shakllantirildi.