Yangiliklar

17 May 2025

Bank muassasalarida xavfsizlikni taʼminlash masalalari muhokama etildi

Kuni kecha Markaziy bank Surxondaryo viloyati bosh boshqarmasida viloyat hududidagi bank muassasalari xavfsizligi hamda uning ishonchli qoʻriqlanishini taʼminlash yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi masʼullari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda, hududlarda sodir etilayotgan turli jinoyat va huquqbuzarliklar aniq misollar orqali keltirib oʻtildi. Masalaga aloqador barcha masʼul xodimlarning ogoh va sergak boʻlishi, eʼtiborsizlik va loqaydlik esa turli koʻngilsiz holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi xususida soʻz yuritildi. Viloyat hududidagi banklar hamda ularning filiallari, hududlarda joylashgan barcha bankomatlarni oʻrganib chiqib, qoʻriqlovga olish, zarur signalizatsiya vositalarini oʻrnatish yuzasidan masʼullarga koʻrsatmalar berildi.