Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi polkovnik M.I.Kaljanov tomonidan hozirgi vaqtda respublikamizda oʻtkazilayotgan "Xavfsiz va sogʻlom yurt" tezkor-profilaktik tadbiri doirasida hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, qoʻriqlovga olingan obyektlarda ishonchli qoʻriqlashni taʼminlash maqsadida oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganishlar mobaynida hududlarda ishonchli Qoʻriqlash xizmati samaradorligini oshirish, tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlarining xizmat natijadorligini yanada yuksaltirish, obyektlarda shaxsiy tarkibning xizmat intizomiga rioya qilish, xodimlarning kasbiy tayyorgarligini baholash hamda xizmat majburiyatlarini bajarish sifatiga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻrganish ishlari joylarda davom etmoqda. Tadbir yakunida Qoʻriqlash faoliyatini yanada takomillashtirish va respublikada huquq-tartibotni mustahkamlash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.