Yangiliklar

25 Iyun 2025

BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ

Huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni salbiy taʼsirlardan saqlash, eng xavfli jinoyatlardan biri hisoblangan, insoniyat tomonidan «Asr vabosi» deb, tan olingan giyohvandlik illatiga qarshi kurash hamda xodimlarni bu illat domiga tushib qolishlarini oldini olish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Xodimlarni ushbu illatning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik, giyohvandlik oqibatida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan jinoyatlarning oldini olish maqsadida koʻplab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi oʻrtasida Fargʻona viloyati Fargʻona shahar Narkologiya dispanseri masʼul xodimlari bilan hamkorlikda «Biz giyohvandlikka qarshimiz» shiori ostida profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan, hozirgi kunda xodimlar orasida giyohvandlik vositalari boʻlgan psixofaol dori vositalarini isteʼmol qilish holatlarining uchrab turishi, zamonaviy bilim va kasbga ega boʻlishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib berilgan boʻlishiga qaramay narkotik moddalar bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir qilishlari va giyohvandlik yoʻliga kirib ketayotganligi boʻyicha aniq misollar keltirib oʻtildi.