Yangiliklar

20 Iyun 2024

MUZEYLAR – MADANIY-MAʼNAVIY MEROS OʻCHOGʻIDIR

Muzeylar – tarixning sirli xilqatlarini oʻzida mujassam etgan holda xalqlar madaniyatini, qadriyatlarini tarannum etuvchi maskan va davlatlarni bir-birlariga yaqinlashtiruvchi koʻprik hisoblanadi.
Milliy gvardiya Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlarini oʻz tarixiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda ajdodlar qoldirgan boy madaniy merosni asrab avaylash tuygʻularini shakllantirish maqsadida, Margʻilon shahrida joylashgan Erkin Vohidov nomli muzeyiga ekskursiya uyushtirildi. Dastlab, adib hayoti va ilm-maʼrifat yoʻlidagi izlanishlarini aks ettirgan osori-atiqalar xodimlarda unutilmas taassurot qoldirdi. Muzeyning 3 ta boʻlimida saqlanayotgan madaniy yodgorliklar adib ijod namunalari hamda kitoblari bilan tanishgan xodimlar tarixning jonli koʻzgusiga guvoh boʻlishdi.
Muzeyga uyushtirilgan bu kabi sayohatlar xodimlarning maʼnaviy dunyo qarashi va intellektual salohiyatini oshirish hamda milliy anʼana va qadriyatlarini oʻrganish, ularni targʻib etish va kelgusi avlodlarga yetkazishida muhim ahamiyat kasb etadi.