Yangiliklar

8 Avgust 2024

OTALIQQA OLINGAN YOSHLAR DOIMO EʼTIBORIMIZDA

Mamlakatimizda yoshlar masalasida koʻplab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlar uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish, taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan koʻplab chora-tadbirlarning ilgari surilayotgani hamda ularning ijrosi izchil taʼminlanayotgani bunga yaqqol misoldir. Shuningdek, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, ularni bandligini taʼminlash, ijtimoiy muammolarini hal etish borasida soʻnggi bir yilda respublikamiz miqyosida sektorlar kesimida tegishli vazirlik va idoralar 500 ming nafardan yoshlarni otaliqqa olishdi. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonligi ham 4-sektordagi 500 ming nafar yoshlarni otaliqqa olishdi. Har bir yoshga ofitserlar tarkibidan biriktirilib, ularning qiziqishlari va muammolari oʻrganildi. Kuni kecha amalga oshirilgan ishlar tahliliga bagʻishlangan videoselektor oʻtkazildi. Unda yigʻilishni Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik S.Mamayusupov olib bordi. Shuningdek videoselektorda Davlat xavfsizlik xizmati va Yoshlar ishlari agentligi masʼul vakillari ishtirok etishdi. Tahliliy va tanqidiy ruhda oʻtkazilgan yigʻilish davomida har bir yoshga biriktirilgan ofitser oʻz farzandidek qarashi kerakligi taʼkidlandi. Agar yoshlar jinoyat sodir etsa ofitserlar jazolanishi aytib oʻtildi. Yoshlar ishlari agentli va mahalla yettiligi bilan uzviy aloqalarni yoʻlga qoʻyib, yoshlar bilan har kuni ish olib borish va sport, madaniy maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish vazifasi qoʻyildi. Migratsiyadagi yoshlarni vatanga qaytarish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, 5 nafar yoshlarni kasbga yoʻnaltirish borasida Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan Namangan va Andijon viloyatlarida “Vatanning sodiq yoshlari” nomli oʻquv-yigʻinlari oʻtkazilib, yoshlarga harbiylik sir-asrorlari oʻrgatilmoqda. Videoselektor yakunida harbiy xizmatchi va xodimlarga olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish zarurligi aytib oʻtildi.