YOSHLARDA HARBIY-VATANPARVARLIK RUHINI OSHIRISHGA QARATILGAN TADBIR
Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, ular orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi va "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan, shuningdek masʼul idoralar bilan hamkorlikda harbiy-vatanparvarlik hamda sport tadbirlari tashkil etildi.
Xususan, oʻquvchilar ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlar avvalida mutaxassislar tomonidan Milliy gvardiya xodimlari uchun yaratilayotgan sharoitlar, xodimlarning xizmat olib borish tartibi hamda sohada olib borilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, yoshlarga vatanparvarlik, milliy armiyamizga jismonan baquvvat va maʼnan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir Oʻzbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani haqidagi tushunchalar berildi.
Tadbirlar doirasida turli bellashuvlar uyushtirildi. Bu esa yoshlar oʻrtasida doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.