SHUKRONALIK BILAN YASHASH – OLIY QADRIYAT!
Kuni kecha Surxondaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi Termiz shahri "Qoʻriqlash" boʻlimi xodimlari ishtirokida "Xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish – xodimlarning kundalik asosiy mezonidir!" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda Milliy gvardiya Surxondaryo viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati, Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi hamda “Imom Termiziy” xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mutaxassislari ishtirok etib, oʻz maʼruzalarida Vatan tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida xizmat qilish eng sharafli burchligi, bir kunlik tinchlik yoʻlida qilingan xizmatning savobi ulugʻligi, bu neʼmatning qadriga yetish, oʻz kasbidan faxrlanish, shukronalik hissi bilan yashash – oliy qadriyat ekanligi taʼkidlandi. Xodimlar, avvalo, muomala madaniyatiga eʼtibor qaratishlari, belgilangan tartib qoidalar va qonunchilikka qatʼiy rioya etgan holda xizmatni olib borishlari, hozirgi kunda yoshlar oʻrtasida keng tarqalgan tavakkalchilikka asoslangan turli xil koʻrinishdagi oʻyinlarni oʻynamasliklari, avtomashina boshqarganda yoʻl harakati qoidalariga amal qilishlari lozimligi taʼkidlandi. Xodimlar bilan muntazam ravishda profilaktik tarbiyaviy suhbatlar olib borish, huquqiy bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish yuzasidan masʼul ofitserlariga tegishli vazifalar yuklatildi.