"KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI" MAVZUSIDA OCHIQ MULOQOT BO‘LIB O‘TDI
Kuni kecha Jizzax viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida "Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi" mavzusidagi yig‘ilish o‘tqazildi.
Uchrashuvda boshqarma boshlig‘i hamda shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan xodimlarga korrupsiyani kelib chiqish sabablari, uni oldini olish usullari bo‘yicha keng tushuntirishlar berib o‘tildi.
Ochiq muloqot yakunida xodimlarga korrupsion holatlar bo‘yicha videorolik namoyish etilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.