Yangiliklar

28 Dekabr 2024

Arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari

Yangi yil munosabati bilan Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi hududida harbiy xizmatchi va xodimlar uchun bayram oldi arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.
Unda kundalik ehtiyoj uchun zarur yogʻ, goʻsht, dukkakli, sabzavot-poliz va boshqa mahsulotlar shaxsiy tarkib uchun arzon narxlarda taklif etildi.
Albatta, ushbu tadbirlar harbiy xizmatchi va xodimlarning bayram kunlarida kuchaytirilgan xizmat va navbatchilikda boʻlishlarini inobatga olgan holda, ularga yanada qulaylik yaratish maqsadida oʻtkazilmoqda.
Bu kabi arzonlashtirilgan yarmarkalar, muntazam ravishda oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, ularda kundalik ehtiyoj uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari bozordagidan arzon narxlarda sotilishi nazarda tutilgan.