Yangiliklar

7 Aprel 2021

XALQARO HAMKORLIK

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va Belarus Respublikasi Qo‘riqlash departamenti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik Asilbek Eshqobulov boshchiligidagi ishchi guruh va kinolog-mutaxassislar Qo‘riqlash departamentining xizmat faoliyati, moddiy texnik bazasi va Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va Qo‘riqlash departamenti o‘rtasidagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

Uchrashuvdan so‘ng delegatsiya vakillari poytaxt Minsk shahrining xavfsizligi va ob’ektlarning qo‘riqlanishi bilan yaqindan tanishishdi.