Yangiliklar

25 Noyabr 2023

XODIMLARNING OILA AʼZOLARI BILAN BIRGALIKDA PROFILAKTIK TADBIRLAR OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Buxoro viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi Kadrlar va tarbiyaviy ishlar boʻyicha boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma Xotin-qizlar kengashi va viloyat Harbiy prokuraturasi masʼullari, shuningdek, psixologlar bilan birgalikda shahar-tuman "Qoʻriqlash" boʻlimlarida xizmat olib borayotgan xodimlarning oila aʼzolari ishtirokida targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Ushbu tadbirda soʻnggi yillarda Milliy gvardiya xodimlariga koʻrsatilib kelinayotgan imtiyoz va yordamlar hamda yangi qabul qilingan qaror va farmonlar toʻliq tushuntirildi. Bundan tashqari ularga hozirgi kunda xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik, turli onlayn qimor oʻyinlarini oʻynash oqibatida kelib chiqayotgan noxush holatlar, er-xotin oʻrtasida nizolar natijasida oilalar darz ketayotgani buning natijalarida farzandlar jabr koʻrayotgani haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.
Bunday noxush holatlarni oldini olishda xodimlarning turmush oʻrtoqlari hamda oila aʼzolari bilan keng hamkorlik qilish masalalariga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Boshqarma masʼullari tomonidan tadbir ishtirokchilarning mavjud muammolari ham eshitilib, ushbu muammolarni bartaraf etish choralari koʻrildi.