MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH – BARKAMOL AVLOD TARBIYASINING MUHIM YOʻNALISHI
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilari oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, doimo hushyor va ogoh xizmat olib borishlarini taʼminlash hamda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan Toshkent shahar IIBB masʼul xodimlari ishtirokida profilaktik uchrashuv oʻtkazildi.
Tadbir davomida maʼruzachilar tomonidan hozirgi kundagi global muammolardan biriga aylangan diniy ekstremizm, terrorizm kabi buzgʻunchi gʻoyalarning zararli illatlari, ular tomonidan hozirgi kunda oʻz gʻoyalarini amalga oshirish borasida foydalanib kelayotgan usul va vositalari, bu kabi zararli illatlardan ogoh boʻlish, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash borasida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga yuklatiladigan masʼuliyatli va sharafli vazifalar borasida zaruriy maʼlumotlar yetkazildi.