MUSTAHKAM XIZMAT INTIZOMI – QONUNIYLIK GAROVI
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni oʻrinbosari reja topshirigʻiga asosan "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari polkovnik Z.I.Boʻronov boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi shahar va tuman "Qoʻriqlash" boʻlimlari shaxsiy tarkib ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlash, huquqbuzarliklarni oldini olish hamda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar holatlarini oʻrganish boʻyicha navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbirda soʻz olganlar oʻtgan davr mobaynida viloyat shaxsiy tarkibi bilan bogʻliq holatlarga toʻxtalib, huquqbuzarliklarni chiqish sabablari hamda oldini olish boʻyicha targʻibot ishlarini jadallashtirish boʻyicha bir qator koʻrsatmalar berildi.
Uchrashuv yakunida masʼullar tomonidan amalga oshirilishi kerak boʻlgan qator vazifalar belgilab berildi.