Yangiliklar

27 Oktyabr 2021

FАRGʼONАDА MILLIY GVАRDIYA HАRBIY XIZMАTCHI VА XODIMLАRI OʼRTАSIDА FUNKTSIONАL KOʼPKURАSH SPORT TURI BOʼYICHА VILOYAT BIRINCHILIGI MUSOBАQАSI BOʼLIB OʼTDI

Joriy yilning 26 oktyabr kuni Sharqiy harbiy okrugiga qarashli dala poligonida Fargʼona viloyati Milliy gvardiya tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar hamda xodimlar oʼrtasida sportning “funktsional koʼpkurash” turi boʼyicha musobaqaning viloyat bosqichi oʼtkazildi. Ishtirokchilar maxsus tayyorlangan toʼsiqli yoʼlakdan oʼtish boʼyicha gʼoliblik uchun kurashdilar. Yakuniy natijalarga koʼra, 3-oʼrinni Fargʼona shahar bataloni jamoasi egallagan boʼlsa, 2-oʼrin Qoʼriqlash boshqarmasi jamoasiga nasib etdi. Faxrli 1- oʼrinni hamda Respublika bosqichiga yoʼllanmani Qoʼqon shahridagi harbiy qism jamoasi qoʼlga kiritdi.