Aholiga "Qoʻriqlash" xizmati turlari afzalliklarini yetkazish maqsadida targʻibot tadbirlari tashkil etilmoqda
Joylarda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, obod va xavfsiz hududga aylantirish, fuqarolar osoyishtaligi va xotirjamligini taʼminlash, farovon turmush tarzini shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan tizimli choralar amalga oshirilib, sohada amaliyotga keng tadbiq etish uchun bir qator qulayliklar, tizimning yangicha yondashuvlari tashkil etildi.
Respublikamizning shahar-tuman markazlarida fuqarolar ishtirokida oʻtkazilgan targʻibot tadbirlarda aynan shu haqida soʻz yuritildi. Uy va xonadon, obyektlarda oʻrnatiladigan zamonaviy qoʻriqlov signalizatsiya vositalarining afzalliklari, tadbirkorlarga va fuqarolarga qulaylik tomonlari toʻgʻrisida atroflicha maʼlumotlar berib oʻtildi.
Tadbirlarda mahallalarni jinoyatdan holi hududlarga aylantirish, har bir koʻcha, koʻp qavatli uylar, xizmat koʻrsatish va savdo shahobchalarini zamonaviy kuzatuv kameralari, qoʻriqlash uskunalari bilan jihozlash zarurligi qayd etildi. Mazkur yoʻnalishda Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" boʻlimlari imkoniyatlaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi. Shundan soʻng, mol-mulki daxlsizligini oʻylagan, ushbu xizmatga qiziqish bildirgan fuqarolar va tadbirkorlardan belgilangan tartibda qoʻriqlovga olish yuzasidan arizalari olinib, zarur qoʻriqlov jihozlarini oʻrnatish ishlari olib borildi.
Bu boradagi amaliy ishlar izchillik bilan davom etmoqda.