Yangiliklar

22 Avgust 2025

Xodimlar va ularning farzandlari uchun kulolchilik markaziga sayohat tashkil etildi

Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlarining maʼnaviy barkamolligini oshirish, tarbiyaviy-mafkuraviy jihatdan har tomonlama shakllantirish maqsadida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib borilmoqda.

Xodimlarning dam olish kunlari hamda ishdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularning tarixiy bilim va koʻnikmalarini mustahkamlab borish hamda noyob meʼmoriy obidalar va hunarmandchilik sanʼati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida diqqatga sazovor maskanlarga sayohatlar va turli tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Ayni shu maqsadlarda Rishton tumani Qoʻriqlash boʻlimi xodimlari va ularning farzandlari uchun tumanidagi Ravshanjon Tojiddinov rahbarligidagi “Kulolchilik markaziga” sayohat tashkil etildi. Dastalab yoshlarga, mutaxassislar tomonidan kulolchilik sanʼati, uning tarixi, kulollar tomonidan qoʻllaniladigan dastgohlar, sopol idishlar hamda turli buyumlar yasash, ularni tayyorlash hamda naqshinkor bezaklar berish boʻyicha tushunchalar berildi. Shundan soʻng, yoshlar xar bir kulolchilik buyumlarini yasash jarayonlarini bilan yaqindan tanishib chiqdilar.

Sopol idishlarga mohir hunarmandlar tomonidan chizilayotgan naqshlar xar bir ishtirokchida katta qiziqish uygʻotdi desak mubolagʻa qilmagan boʻlamiz.