Yangiliklar

13 Aprel 2025

Akademik litsey oʻquvchilari uchun oshiq eshiklar kuni tashkil etildi

Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazida Fargʻona shahrida joylashgan IIV akademik litseyi oʻquvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilari oʻquv markazida tinglovchilar va xodimlarning hayoti, xodimlarning maxsus va kasbiy tayyorgarlik mashgʻulotlari, qoʻl jangi sanʼati va boshqa mutaxassislik mashgʻulotlari bilan shugʻullanishlari haqida yaqindan tanishdilar. 
Yoshlar aqliy va jismoniy salohiyat kasb etadigan kasbning naqadar sharafli ekanligini oʻz koʻzlari bilan koʻrib, oʻzlarida ham vatanparvarlik tuygʻulari yanada oshganligini yashirib oʻtirishmadi. Shuningdek, oʻquv markazida tinglovchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.