Yangiliklar

31 May 2024

ODDIY VA OLIY QAHRAMONLIK!

Aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish maqsadida hududlarda qon quyish stansiyalari mutaxassislari tomonidan donorlik aksiyalari oʻtkazib kelinmoqda. Navbatdagi aksiyalar Milliy Gvardiya Jizzax hamda Qashqadaryo viloyatlari "Qoʻriqlash" boshqarmalarida oʻtkazildi.

Qon kuyish stansiyalarining maxsus jihozlangan xavfsiz avtobuslarida "Qoʻriqlash" boshqarmalari xodimlari begʻaraz qon topshirish aksiyada ishtirok etib, bemor qalblarga yordam berish, oʻzgalar hayotini saqlab qolishda oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshishdi.

Muntazam tashkil etib kelinayotgan “Men donorman” aksiyasida donorlar safi kun sayin kengayib bormoqda. Bu ham boʻlsa mutaxassislarning begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish borasida olib borayotgan saʼy harakatlarining natijasidir.