Yangiliklar

11 Oktyabr 2023

HARBIY XIZMATCHI VA XODIMLARNING FARZANDLARI OʻRTASIDA SPORTNING MINI-FUTBOL TURI BOʻYICHA MUSOBAQA OʻTKAZILDI

Kuni kecha Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hududida joylashgan sport maydonida Milliy gvardiyaning Toshkent shahri va viloyatida joylashgan harbiy qismlari va taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan harbiy xizmatchi va xodimlarning farzandlari oʻrtasida sportning mini-futbol turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.
Yoshlarni sportga jalb etish va sportning futbol turiga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish hamda sogʻlom dunyo qarashni shakllantirish maqsadida oʻtkazilgan ushbu musobaqada 4 ta jamoa bolalari oʻzaro gʻoliblik uchun kuch sinashishdi.
Qizgʻin va murosasiz oʻtgan sport tadbirida har bir jamoa aʼzolari maydonda mardonavor harakat qildi. Qiziqarli bahslarga boy boʻlgan musobaqada Milliy gvardiya Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilarining farzandlari gʻalabasi bilan yakunlanib, gʻolibga aylandi.Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlarining farzandlaridan iborat jamoa 2 oʻrinni, Milliy gvardiyaning Qibray tumanida joylashgan brigadasi harbiy xizmatchilari farzandlarining jamoasi esa 3 oʻrinni egalladi.
Musobaqa yakunida gʻolib jamoa tashkilotchilar tomonidan diplom, kubok, medallar va esdalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi. Bir soʻz bilan aytganda, ushbu kichik sport oʻyinlari kelgusida yetuk sportchilar erishib chiqishiga poydevor boʻlib xizmat qiladi.